13.11.2024
Yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlardan biri bu Oila institutini rivojlantirish va unga alohida eʼtibor berishdir bu borada Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938 son Farmoni ijrosini taʼminlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 31.12.2020-yilda 820-sonli qaror qabul qilindi:
Ushbu qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etildi.
Markazlarni tashkil etishning asosiy maqsadi deb quyidagilar belgilandi:
Zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila — muqaddas”, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat”, “Oila — jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual gʻoyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish; nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash; oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish.
Bundan koʻrinib turibdiki Oila instituti Davlatimizda alohida eʼtibor va nazoratda hamda bu boradagi ishlar davomli olib borilmoqda.
Gʻozgʻon shahar FHDY boʻlimi mudiri F.Barakayev