14.09.2024
"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI"
Xabar berganimizdek, G'ozg'on shahrida sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan yangicha tizim asosida, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari, muammo va takliflari o'rganilib, ularni "Kambag'allikdan-farovonlik sari" tamoyili asosida ijtimoiy holatini yaxshilash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlari uchun ko'maklashish maqsadida chora-tadbirlar belgilanib bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, shahar hokimi Nurali Jo'rayev "Marmarobod" MFYdagi 5 nafar o'ziga biriktirilgan oilalar ahvolini o'rgandi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish,ijtimoiy holatini yaxshilash hamda oilalarning doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlari va uni yanada oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bu kabi ishlar hududlar bo'ylab davom etmoqda.