13.09.2024
Aholini roʻyxatga olishda xorijiy davlatlar tajribasi
Maʼlumki, davlatlar milliy statistikasining asosini aholini roʻyxatga olish natijasida olingan maʼlumotlar tashkil etadi.
Anʼanaviy, keng qamrovli aholini roʻyxatga olish usuli demografik va ijtimoiy koʻrsatkichlar boʻyicha aholining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona va aniq manbasidir.
Hozirgi kunda, dunyoning rivojlangan davlatlari koʻp yillik tajribalar natijasidan kelib chiqib, roʻyxatga olish ishlari roʻyxatga olish uchun qilingan xarajatlardan koʻra koʻproq foyda keltirishiga qatʼiy ishonch hosil qilgan.
Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida roʻyxatga olish natijasida olinadigan barcha maʼlumotlardan faqat statistika maqsadlarida foydalanish va mutlaqo maxfiy saqlanishini taʼminlaydigan statistika toʻgʻrisidagi qonuni mavjud. Ushbu qonun bilan olingan har bir alohida inson toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qandaydir tashkilot yoki jismoniy shaxsga berilishi mumkin emasligi belgilangan.
Shu bilan birga har bir davlatda jamiyatning milliy oʻziga xosligi va anʼanalarini hisobga olgan holda aholi bilan ishlash metodlari va roʻyxatga olishga tayyorlanish mexanizmlaridan foydalanadi.
Roʻyxatga olish oʻtkaziladigan barcha joylarda aholi bilan jiddiy ravishda roʻyxatga olishning asosiy maqsadi, ahamiyati va kerakligini koʻrsatish va ishontirishdan iborat boʻlgan koʻp qamrovli ishlar olib borishga toʻgʻri keladi.
Belgiya, Ispaniya, Latviya, Lyuksemburg, Sloveniya davlatlarida odatdagi roʻyxatga olish usuli bilan birgalikda registr maʼlumotlari asosida roʻyxatga olishni oʻtkazish usuli qoʻllangan.