TUMARLIKLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
13.08.2024
Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev, shahar prokurori Sherzod Gʻafforovlarning "Tumar" mahallasi aholisi murojaatlarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan 10 dan ortiq turli soha va yo‘nalishdagi muammo va takliflar qabul qilindi.
Murojaatlarning aksariyati, tibbiy xizmat, moddiy yordam, doimiy ishga joylashish hamda kommunal sohaga oid muammolarni o‘z ichiga oldi.
Qabul davomida murojaatlarning salmoqli qismi ijobiy bartaraf etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.