12.08.2024
Sizlarni va siz orqali butun Respublikamiz bo‘ylab xizmat qilib kelayotgan barcha soliq tizimi xodimlarini 12-avgust — O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati tashkil topgan kun bilan samimiy muborakbod etaman.
So‘nggi yillar davomida puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiya asosida barcha sohalar qatori soliq tizimini ham har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirildi.
Bugungi inson qadri ustuvor ahamiyat kasb etayotgan jamiyatda soliq tizimi idoralarida faoliyat yuritayotgan xodimlar Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, "Soliqchilar “jazolovchi” emas, ko‘makchi bo‘lishi kerak" degan so‘zlari asnosida "Soliqchi - ko‘makchi" tamoyili asosida ishlab kelmoqdasizlar.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, kelgusi ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.
Nurali JO‘RAYEV
Gʻozg‘on shahar hokimi