02.08.2024
Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ahamiyatlidir.
Gʻozg‘on shahar "Tumar" MFYda o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari N.Zoyirov, DXX Nurota tumani bo‘limi boshlig‘i A.Bo‘riyev, shahar sektor rahbarlari sport, san’at va ilm-fan sohasidagi iqtidorli hamda uyushmagan yoshlarning muammo, taklif, tashabbus va loyihalari o‘rganildi.
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” rasmiyatchilikdan xoli, o‘zaro samimiy muloqot ruhida o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida DXX kubogi "Mini futbol" sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan futbolchilarning ham muammolari bilan qiziqdi, takliflarini tingladi va yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.