15.07.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvarda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarorining 5.4-bandiga asosan tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda dasturlar ijrosini, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida hisobot berib borishi amaliyotini joriy etish belgilangan.
Mazkur qarori talablari asosida G‘ozg‘on shahrida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. 2024-yilning yanvar-iyun oylarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni uzlyuksiz qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash dasturlari bo‘yicha jami 126 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 3,1 mlrd so‘m bo‘lgan kreditlar ajratildi.
Jumladan, sektorlar kesimida:
1-sektorda 43 nafar fuqaroga 1 052 mln. so‘m;
2-sektorda 35 nafar fuqaroga 863,0 mln. so‘m;
3-sektorda 20 nafar fuqaroga 425,0 mln. so‘m;
4-sektorda 28 nafar fuqaroga 678,0 mln. so‘mni tashkil etadi.
Aholi tomonidan kredit olish uchun joriy yilning o‘tgan davri davomida “online-mahalla.uz” platformasi orqali 166 ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, hokim yordamchilari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqildi, 146 tasi bo‘yicha tavsiyalar berilgan, 15 tasi qaror talablariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli rad etilgan, 5 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.
Ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda ajratilgan imtiyozli kreditlarning muammoli qismi 26 ta mijozda 244,2 mln. so‘mni tashkil etmoqda.
Bunda, hokim yordamchilari davrida (2022 yildan) ajratilgan kreditlar o‘z samaradorligi ko‘rsatmoqda. Jumladan, yuzaga kelgan muammoli kreditlar atigi 2,1 foizini tashkil qilmoqda.
Dasturlar bo‘yicha ajratilgan kreditlarning (NPL) so‘ndirish grafigi ishlab chiqilgan bo‘lib, yil oxiriga qadar muammoli krelditlar qoldig‘ini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.
Muammoli kreditlar oldini olish bo‘yicha tegishli shahar tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Nodir Zoyirov
G'ozg'on shahar hokimining birinchi o'rinbosari