12.07.2024
Bugun shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining navbatdagi ellik sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida shahar kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, G‘ozg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining Instagram (http://instagram.com/gazganuz__official)dagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib borildi.