01.07.2024
Gʻozg‘on shahrida aholi murojaatlarini tinglash va yaqindan ko‘maklashish maqsadida Navoiy viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda viloyat prokurori A.Mirzayev, viloyat IIB boshlig‘i A.Tasbayev, DSI viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Nazarov, viloyat Adliya boshqarmasi, MIB viloyat boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda viloyat sudlari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan turli soha va yo‘nalishdagi muammo va takliflar qabul qilindi.
Qabul davomida murojaatlarning salmoqli qismi ijobiy bartaraf etilgan bo‘lsa, bir qator murojaatlarga huquqiy tushunchalar berilib, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.