14.06.2024
Bugun Gʻozg‘on shahar hokimligida Navoiy viloyati prokurori A.Mirzayev, Davlat soliq inspeksiyasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Nazarov, shahar hokimi A.Bazarov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqotda hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari hamda takliflari yaqindan o‘rganildi.
Murojaatlarda ishbilarmonlar asosan, kadastr masalalari, soliq va to‘lovlar, bank krediti kabi bir qator masalalar yuzasidan mas’ullarga yuzlanishdi.
Tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim izlandi. Qabul davomida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalarga amaliy yechim belgilandi.
Ba’zi murojaatlarni ijobiy hal etilishi uchun qo‘shimcha o‘rganishlar olib boriladigan bo‘ldi
Shuningdek, qabulda qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berildi.