11.06.2024
Tarix, bugun va kelajak. Bu tushunchalar bir-biriga chambarchas bog‘liq va har doim muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Tarixsiz bugun ham, kelajak ham bo‘lmaydi.
Shu bois xalqimiz qadimdan ota-bobolarimizning ibratli hayot yo‘llari, o‘tgan kunlaridan chiqargan xulosalari, o‘gitlarini e’zozlaydi va otalar nasihatlariga quloq tutadi.
Bugun Gʻozg‘on shahar hokimligi binosida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda, el suygan shoira Zulfiya Mo‘minova, "O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi" unvoni sohibi Tohir Rahimov, faxriy pedagog Sanobar Hasanovalar ishtirok etishdi.
Tadbirni shahar hokimi Azim Bazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan keyin, bir guruh nuroniylarning ibratli hayot yo‘llari o‘rta va yosh avlod vakillariga so‘zlab berildi.
Keyingi navbatda uchrashuvda ishtirok etgan o‘rta hamda yosh avlod vakillari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Bu kabi tadbirlar hudud bo‘ylab davom etmoqda...