31.05.2024
Gʻozg‘on shahridagi mavjud barcha Davlat hamda oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida bayram tadbirlari bo'lib o'tdi.
Tadbirda shahar hokimi Azim Bazarov, hokim o‘rinbosari Ruslan Shodiyev, shahar MMTB boshlig‘i Gulbahor Rahmatova, shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi boshlig‘i Obidjon Gʻafforovlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida, shahar hokimi unib kelayotgan yosh avlodni kirib kelayotgan bayram bilan samimiy tabrikladi.
Bolajonlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar barchaga birdek manzur keldi.
Tadbir davomida bir guruh tarbiyachilar shahar hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Shahar hokimligi tomonidan bolajonlarimizga bayram sovg‘alari ulashildi.