24.05.2024
Bugun Gʻozg‘on shahar hokimligi, shahar MMTB hamda 20022-harbiy qism hamkorligida Armiya - Vatanparvarlik va jasorat maktabi shiori ostida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
▪️Tadbirda harbiy qism komandiri o‘rinbosari, podpolkovnik B.O‘rozov, shahar MMTB boshlig‘i G.Rahmatova, shahar milliy gvardiya bo‘lim boshlig‘i R.Rahmatov, shahar Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Yashinov hamda tegishli mas’ullar yoshlar bilan uchrashdi.
▪️Uchrashuvda yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ongu-shuuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini chuqur singdirishga ahamiyat qaratildi.
Keyingi navbatda harbiy qism xizmatchilari tomonidan harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida faxriy qorovul guruhi xizmatchilari hamda harbiy orkestrning chiqishlari yoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga bo‘lgan sadoqat va fidoiylik his-tuyg‘ularini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni, uning kuch-qudratini va jangovar salohiyatini targ‘ib etishda faol ishtirok etib kelayotgan, o‘zining bilim olishga bo'lgan intiluvchanligi va tirishqoqligi bilan o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 1-umumta'lim maktabining bir guruh yoshlari 20022-harbiy qismning Faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.