23.05.2024
Hozirgi kunda mamlakatimizda deyarli har bir sohada qonunchilik islohotlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2023-yil 15-mart sanasida qabul qilingan O‘RQ-823-son O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan ham ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mazkur o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 476-modda bilan kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:
BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan
30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O‘zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklaydi. Otaning, onaning yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra mazkur muddat yana o‘ttiz kunga uzaytirilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
O.Ulug‘ov
G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi boshlig‘i