23.05.2024
Bugun mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
????Gʻozg‘on shahrida shahar hokimi Azim Bazarov boshchiligidagi sektor rahbarlari hududdagi bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda yoshlarning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi, ularning savollariga mas’ullar tomonidan javoblar qaytarildi.
????Keyingi navbatda sektor rahbarlari katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini izhor etishdi. Tadbir yakunida yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, ilm va kasb-hunar sirlarini puxta o‘rganayotgan, turli tanlov va musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.