21.05.2024
So‘nggi yillarda adliya organlariga bo‘layotgan e’tibor borgan sari ortib bormoqda. Prezidentning 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son Qarori hamda “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-son Farmoni bilan adliya organlariga bir qancha vazifalar yuklatilib, mas’uliyatini yanada oshirdi. Shu bilan birgalikda, Prezidentning 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2020 – 2024-yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Prezidentning PF-5415-son Farmoni bilan shahar-tumanlarda adliya bo‘limlari tashkil etilib, vazifa va funksiyalari belgilab berildi. Prezidentning PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga asosan adliya organlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolati mustahkamlangan.
Prezidentning PF-5997-sonli Farmonida qonun hujjatlariga adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritilishini ta’minlash belgilangan edi. Buning natijasida, 2021-yil 14-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-666-son Qonuni qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks “Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik” degan 1984-modda bilan to‘ldirildi.
Ya’ni: “Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan o‘z vaqtida yoki to‘liq bajarmaslik:
— mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,
— mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib ma’muriy jazo chorasi qo‘llash uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga taqdim qilinadi.
O.Ulug‘ov
G‘ozg‘on shahar adliya bo‘lim boshlig‘i