17.05.2024
Bugun Gʻozg‘on shahar hokimligi hamda 20022-harbiy qism hamkorligida Armiya - Vatanparvarlik va jasorat maktabi shiori ostida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
▪️Tadbirda shahar hokimi Azim Bazarov, 20022-harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari Dilshod Sobirov, shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli mas’ullar, harbiy xizmatni tugallagan askarlar hamda ta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
▪️Tadbirda yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ongu-shuuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini chuqur singdirishga ahamiyat qaratildi hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish, saralash tartiblari, qo‘yiladigan talablar, imtiyozlar va yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
▪️Keyingi navbatda yoshlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan to‘laqonli javob qaytarildi.