22.04.2024
Navoiy viloyati "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Sh.Nabiyev, Respublika "Nuroniy" jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i U.Rahmatov Gʻozg‘on shahri hokimi Azim Bazarov boshchiligidagi mas'ullar hamrohligida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 100 yoshdan oshgan Tursunqul bobo Ergashev xonadoniga tashrif buyurdi.
Faxriy pedagog, ayni kunlarda keksalik gashtini surayotgan nuroniy otaxon bilan samimiy suhbat chog‘ida tarix yodga olinib, bugungi tinchlik kunlariga shukronalar aytildi. O‘quvchi yoshlar tomonidan Vatanni madh etuvchi she’riy guldastalar barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Keksalarimizga ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtirom, ularning salomatligini asrash va hayotiy tajribalaridan unumli foydalanish kelajagimiz egalari bo‘lmish farzandlarimizning ertangi kuni yanada porloq bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.