17.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qoʻllab-quvatlash maqsadida hududda 16-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha musobaqalarga start berildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Azim Bazarov, sektor rahbarlari, DXX Nurota tuman bo‘limi boshlig'i A.Bo‘riyev, Yoshlar agentligi shahar bo‘limi, shahar sport maktabi hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Dastlab, hududlaridagi har bir mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.