30.03.2024
Majburiy ijro byurosi Gʻozg‘on shahar bo‘limi ish yurituvidagi tijorat banklari foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 3 mlrd. 65 mln. so‘mlik 123 tadan ortiq ijro hujjatlaridan 23 tasi ijrosi tamomlanib, 815 mln. so‘m qarzdorlik undirilgan.
Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 4 ta 117 mln. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 1 ta 110 mln. so‘mlik mol-mulklar onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.
Qarzdorlardan tijorat banklar foydasiga kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 76 nafar qarzdorlarning 2 mlrd. 65 mln. so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undirish ish haqlariga qaratilgan.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Sh.dan undiruvchi ATB "Kapitalbank” foydasiga 115,5 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjati amalda tamomlangan.
Bu boradagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.