29.03.2024
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi N.Jumayev rahbarligidagi ishchi guruh Gʻozg‘on shahriga tashrif buyurdi.
Ishchi guruh a’zolari shahar hokimi o‘rinbosari R.Shodiyev hamrohligida dastlab shahar hududiga kirib kelish yo‘l yoqasida 60 ga maydonda bunyod etilayotgan "Yashil bog‘" maydonida bo‘lishdi.
Hududda "Yashil makon" umummilliy loyihasi davomida amalga oshirilayotgan ishlar holati, xususan, bog‘ maydonida sug‘orish tizimi bo‘yicha mas’ullar bilan atroflicha suhbatlashildi.
So‘ngra, ishchi guruh hududdagi marmar va granit toshlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan yirik ishlab chiqarish klasteri "Marmarobod" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, marmar toshlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan "Dilshodbek stone" eksportyor korxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, korxonaning eksport salohiyati, yaratilgan ish o‘rinlari va kelgusi rejalar xususida suhbatlashdi.
So‘ngra, yangi shahar hududi markazida bunyod etilayotgan zamonaviy tipdagi shahar hokimligi binosi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Keyingi navbatda, Madaniy meros agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan restavratsiya, ta’mirlash tiklash ishlari amalga oshirilayotgan qadimiy manzilgohlaridan biri "Shohimardon" ziyoratgohida bo‘lishdi.
Ziyoratgohdagi ta’mirlash tiklash ishlarini ko‘zdan kechirar ekan, ushbu majmuaning tarixiyligini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.