SAYYOR QABULLAR - INSON QADRI UCHUN
19.03.2024
Bugun Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Tadjibayev hamda shahar hokimi A.Bazarovning "Shayxon" mahallasi aholisi murojaatlarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan 20 dan ortiq turli soha va yo‘nalishdagi muammo va takliflar qabul qilindi.
Murojaatlarning aksariyati, tibbiy xizmat, kontrakt pulini to‘lashga amaliy yordam, uy ta'miri uchun ko‘maklashish, doimiy ishga joylashish hamda kommunal sohaga oid muammolarni o‘z ichiga oldi.
Qabul davomida murojaatlarning salmoqli qismi ijobiy bartaraf etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.