15.02.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan, har hafta payshanba kuni o‘tkaziladigan huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi" kuni tadbirlari Gʻozg‘on shahar hokimligi, shahar IIB, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Marmarobod" MFY da tashkil etildi.
Ushbu tadbirda shahar hokimi Azim Bazarov, viloyat IIB mas’ul xodimi Gʻ.Meliyev, shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Z.Hamroyevlar ishtirok etishdi.
Mas’ullar guruhlarga bo‘lingan holda xonadonlarda, ta’lim tashkilotlarida, savdo hamda jamoat joylarida targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borishdi.