15.02.2024
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov G'ozg'on shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida Gʻozg‘on shahrida sanoat korxonalarining uzluksiz ishlashi va yangi rejalashtirilgan loyihalarga zarur bo‘ladigan elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quvvati 25000 kVA bo‘lgan 2 ta transformatorli, 110/35/10 kvli podstansiya hamda 12 kilometr uzunlikdagi 2 zanjirli 110 kvli havo elektr tarmog‘i qurish ishlari bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi Normat Tursunov hamda tegishli mas’ullar ushbu hududga tashrif buyurdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur loyiha “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” buyurtmasi asosida pudratchi "Mubina Marjona" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 54,7 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.
Viloyat hokimi Normat Tursunov keyingi navbatda "SHARQ QURILISH" MCHJ pudratchi tashkiloti tomonidan Gʻozg‘on shahri yangi hududi markazida bunyod etilayotgan zamonaviy tipdagi shahar hokimligi binosi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shundan keyin viloyat hokimi Normat Tursunov shahar hokimi Azim Bazarov hamrohligida Madaniy meros agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Gʻozg‘on shahar "Shayxon" MFY hududida joylashgan qadimiy manzilgohlardan biri "Shohimardon" ziyoratgohida amalga oshirilayotgan restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlarini ko'zdan kechirdi.
Ma’lumot o‘rnida, majmua agentlik jamg‘armasining 1 mlrd. 601 mln. so‘m mablag‘i hisobidan "Gʻolib Bekzod" MCHJ tomonidan restavratsiya qilinmoqda.
Shundan keyin viloyat rahbarining G‘ozg‘on shahriga xizmat safari shu nuqtada o‘z nihoyasiga yetdi.