14.02.2024
Yashil hududlarni yaratish, tabiat musaffoligini ta’minlash maqsadida yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Gʻozg‘on shahrida ham loyiha doirasida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Loyiha doirasida bugun Gʻozg‘on shahrida 2024-yilning qish-bahorgi mavsumiga start berildi. Ko‘chatlar shahar hududiga kirib kelish yo‘l yoqasida 60 ga maydonda bunyod etilayotgan "Yashil bog‘" maydonida amalga oshirilmoqda.
Jarayonda viloyat hokimi o'rinbosari Sa'dulla Mirzayev, shahar hokimi Azim Bazarov, hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tashkilotlar mas'ullari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.