26.12.2023
GʻOZGʻON SHAHAR SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI MARKAZI OGOHLANTIRADI!
BOTULIZM KASALLIGIDAN SAQLANING!
BOTULIZM - og‘ir turdagi ovqatdan zaharlanish bo‘lib, uy sharoitida tayyorlangan pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikrasi va boshqa konserva mahsulotlari iste’mol qilish natijasida yuzaga keladi.
ZAHARLANISH BELGILARI:
• holsizlik, ko‘ngil aynish, qayd qilish, og‘iz qurishi:
• ko‘rishning xiralashishi:
• buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi:
• ko‘z qovog‘ining osilishi:
• ovoz bug‘ilishi:
BOTULIZMGA CHALINMASLIK UCHUN HAR BIR INSON QUYIDAGILARGA AMAL QILISHI KERAK:
- Uy sharoitida pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik:
- Belgilanmagan joylar, ko‘cha-ko‘ylarda sotilayotgan konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik:
- Do‘konlardan konserva mahsulotlarini harid qilish jarayonida mahsulot yorlig‘i va unda keltirib o‘tilgan ishlab chiqaruvchi korxona nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatiga alohida e’tibor berish:
- Har qanday konserva mahsulotlarini ochishdan oldin uni chayqatmasdan yaxshilab ko‘zdan kechirish, qopqog‘i ko‘tarilmaganligiga, suyuqlikning tiniqligiga va mahsulotning ezilmaganligiga e’tiborli bo‘lish.
❗️BUNI YODDA TUTING!
• Botulizm kasalligini davolash hamda asoratlarini oldini olishning yagona yo‘li shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilish.
• Bemorni uy sharoitida, o‘zi bilganicha davolash og‘ir asoratlarga, hattoki o‘limga olib kelishi mumkin.
• Shu sababli kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan shifoxonaga murojaat qiling!