SAYYOR QABULLAR - INSON QADRI UCHUN!
09.11.2023
Bugun Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Tasbayev hamda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i G‘.Primovning "Shayxon" mahallasi aholisi murojaatlarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda shahar sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilotlar mas'ullari ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan kelib tushgan 30 ga yaqin murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, fuqarolarga amaliy ko'maklashildi.
Har bir murojaat nazoratga olindi va ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha shahar sektor rahbarlariga, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga tegishli topshiriq, ko‘rsatmalar berildi.
Gʻozg‘on shahri hokimligining Axborot xizmati