07.11.2023
Gʻozg‘on shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish" maqsadida "Ustoz ta’lim bunyodkori" o‘qituvchilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni shahar hokimi o‘rinbosari R.Shodiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘z olganlar barcha pedagoglarni ushbu qurultoy bilan samimiy qutlab, qurultoy ishiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Ochilish marosimida o’quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlagan kuy-qo‘shiqlar hamda sahnaviy ko‘rinishlar barchaga manzur keldi.
Keyingi navbatda ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida fidoiylik ko‘rsatib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan nafaqadagi pedagoglarga G‘ozg‘on shahar hokimligi hamda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng, o‘qituvchilar aniq fanlar, tabiiy fanlar, boshlang‘ich ta’lim hamda ona tili va adabiyot kabi fanlar kesimidagi sho’balarga bo‘lingan holatda mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
Seminar davomida har bir yo‘nalishda o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari tinglanib umumlashtirildi.
Qurultoy doirasidagi mashg‘ulotlar amaliy shaklda tashkil etildi. O‘qituvchilar mashg‘ulot jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, o‘z faniga doir muammolar va ularning yechimlari borasida fikr almashishdi.