SENATOR GʻOZGʻON SHAHRIGA TASHRIF BUYURDI
05.10.2023
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori bilan mamlakatimizda har yili oktabr oyining birinchi haftasi "Keksalar haftaligi" etib belgilangan.
Ushbu sana munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Q.Tursunov Gʻozg‘on shahrida bo‘ldi.
Senatorga shahar hokimi A.Bazarov hamrohlik qildi.
Tashrif davomida hududda istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan suhbatlashildi.
Bir guruh keksa nuroniylar, xususan, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, faxriy pedagog Tursunqul bobo Ergashev hamda nuroniy onaxon Latifa aya Hojiyevalar xonadonidagi muloqot samimiy tarzda kechdi.