21.09.2023
Aholining xotirjamligi va xavfsiligini ta’minlash maqsadida xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida O’zbekiston Respublikasining Sog`liqni Saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining “Sanitar epidemiologik osoyishtalik” to’g’risidagi 2015-yil 26-avgustdagi 393-sonli qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirish to’g’risidagi ” farmoni, Sog’liqni saqlash vazirliging qaror va buyruqlari, Viloyat SEO va JS boshqarmasining buyruq va qarorlari, Viloyat va shahar hokimliging tegishli buyruqlari asosida ish tashkil qilingan. Reja asosida shahar hokimyati va shahar tibbiyot birlashmasiga qo’yilgan masalalar hal etib borilmoqda.
Shaharda qayd etilgan yuqumli kasalliklar tahlil qilinganda 2023-yil 9 oyi davomida
O’tkir ichak infeksiyalari 4 nafarni
Virusli gepati 9 nafarni
O’tkir Buretselyoz “qora oqsoq” kasalligi 5 nafarni
Enterabioz 151 nafarni
Leshamanioz kasalligi 9 nafarni shundan 1 nafari visserall 8 nafari teri leshmaniozi. 2022-yil 9 oyi va 2023 -yil 9 oyida aniqlangan leyshmanioz kasalliklari orasida sezilarli tafovud bo`lganligi sababli Viloyat SEO va JS boshqarmasi xodimlari hamda G`ozg`on shahar SEO va JS bo`lim xodimlari bilan birgalikda shahar hokimligida tegishli masullar ishtirokida aholi o`rtasida teri leyshmanioz kasalligini oldini maqsadida chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi. Ushbu rejaga asosan kasallik o`chog`i sifatida belgilangan MFY hududida dezinseksiya-deratizatsiya ishlari amalga oshirilgan.
Aniqlangan yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo’lib shahar veterenariya bo’limi, shahar obodonlashtirish bo’limi, shahar IIB bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda.
Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtalik bilan bog’liq muammoli masallari hal etishning yangicha mahallabay ishlash tizimi bo’yicha G’ozg’on shahar SEO va JS bo’limi xodimlari 4 ta mahallalar kesimi bo’yicha biriktirib chiqilgan hamda xodimlar mahallalardagi xonadonlarda sanitar targ’ibot ishlari va davra suhbatlarini olib bormoqda.
Shahardagi mavjud tashkilotlarda 2023-yil 9 oyi davomida jami 7 ta sanitar nazorat o’tkazilgan bo’lib shundan qonun buzilish holatlari yuzasidan 1 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan va tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.
G`ozg`on shahar aholisi o‘rtasida boshqariluvchi yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida 2023 yil 9 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.
G`ozg`on shaharga SEO va JS bo`limi Navoiy viloyat SEO va JS boshqarmasi vaksina saqlash omborxonasidan 2-oylikdan 16-yoshgacha bo`lgan bolalar o`rtasida boshqariluvchi yuqumli kasalliklar profilaktikasi maqsadida 10 dan ortiq rejali emlash uchun ishlatiladigan vaksinalarni G`ozg`on shahar KTMPga emlash uchun tarqatilgan. bular quyidagilar.
Pentovalent vaksina 630 doza olingan,
OPV vaksina 1340 doz olingan,
IPV vaksina 305 doz olingan,
KPK vaksina 250 doz olingan,
AKDS vaksina 130 doz olingan,
ADS-M vaksina 200 doz olingan,
Rotariks vaksina 500 doz olingan,
Pnevmo vaksina 485 doz olingan,
Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtalik bilan bog’liq muammoli masallari hal etishning yangicha mahallabay ishlash tizimi bo’yicha
G’ozg’on shahar SEO va JS bo’limi xodimlari 4 ta mahallalar kesimi bo’yicha biriktirib chiqilgan hamda xodimlar mahallalardagi xonadonlarda sanitar targ’ibot ishlari va davra suhbatlarini olib bormoqda. Bo`lim tomonidan 9 oy davomida 1242 ta xonadonda o`rganish ishlari olib borilib sanitar gigiyenik tavsiyalar berib borilgan. SEO va JS qo`mitasi raisi B.Q Yusupaliyev tomonidan 2023-yil 24-yanvarda o`tkazilgan 1-sonli video konferensiyasida berilgan topshiriqlar va O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2021-yil 15-martdagi 27 sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida o`tgan 9 oy davomida 7 marotaba MFY faollari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda uchrashuvlar o`tkazilgan. Shaharda mavjud ichimlik suvi buloqlaridan kommunal vodoprovodlardan va maktab va maktabgacha ta`lim tashkilotlari ichimlik suvlaridan har oy davomida muntazam ravishda namunalar olinib Nurota tumani SEO va JS bo`limi bakteriologiya va kimyoviy labaratoriyalarga yuborib tekshirilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-apreldagi 352 sonli qarorini ijrosini ta`minlash maqsadida shahardagi umumtalim maktablarda va maktabgacha talim tashkilotlarda rejali tekshirishlar o`tkazilib kelinmoqda. 9 oy davomida 2 ta umumtalim maktabida va 3 ta DMTT larda rejali tekshirishlar o`tkazilib kamchilik aniqlangan xodimlarga jarimalar qo`llanilib tegishli bo`limlarga taqdimnomalar kiritilgan. Shuningdek elektron tizimlari orqali jami 8 ta yer ajratish uchun xulosalar berilgan bo`lib shundan 6 tasi ishlab chiqarish obyektlari, 1 tasi nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti va yana 1 tasi xizmat ko`rsatish obyektlari hisoblanadi.