GʻOZGʻON SHAHAR HOKIMI "MARMAROBOD" MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARINI TINGLADI
20.09.2023
Bugun, 20-sentabr kuni Gʻozg‘on shahrining "Marmarobod" mahalla fuqarolari yig‘ini binosida shahar hokimi Azim Bazarovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda OAV vakillari qatnashishdi.
Fuqarolar tomonidan 10 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan doimiy ishga joylashish, operatsiya uchun moddiy yordam, kanalizatsiya hamda elektr energiya tarmoqlariga oid murojaatlarni o‘z ichiga oldi.
Murojaatlar nazoratga olinib, yechimini ta’minlash bo‘yicha sektor rahbarlari hamda mutasaddilarga tegishli topshiriq, ko‘rsatmalar berildi.
???? Gʻozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati