15.09.2023
XALQ DEPUTATLARI GʻOZGʻON SHAHAR KENGASHINING
NAVBATDAGI XLVIII SESSIYASI BO'LIB O'TDI
Kun tartibi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Gʻozg‘on shahrida 2022–2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida.
Axborot beruvchi: A.Bazarov – Gʻozg‘on shahar hokimi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan shaharda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida
Hisobot beruvchi: R.Shodiyev - Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.
3. Shahar aholisi va ijtimoiy soha obektlarini 2023 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
Axborot beruvchilar:
F.Mamatov - Shahar Elektr ta’minoti uchastkasi boshlig‘i;
O.Shafiyev - “Gʻozg‘onshahargaz” gaz ta’minoti uchastkasi boshlig‘i.
4. Gʻozg‘on shahrida 2023 yilning o‘tgan davrida yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarning holati hamda kelgusida belgilangan asosiy vazifalar to‘g‘risida
Hisobot beruvchi: U.Ergashev - Shahar Kambag‘alchilikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i.
5. Gʻozg‘on shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining 2023 yil o‘tgan davri davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan hisoboti.
Hisobot beruvchi: A. Homidov - Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i
6. Boshqa masalalar.
Sessiya ishida shahar kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
G'ozg'on shahar hokimligi Axborot xizmati