28.08.2023
Tadbirni kirish so‘zi bilan shahar hokimi Azim Bazarov ochib, yakunlangan 2022-2023-o‘quv yilida tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida bir qator mas'ul va mutasaddilar, nafaqadagi faxriy pedagoglar so‘zga chiqdi.
Keyingi navbatda bir guruh soha xodimlari shahar hokimligi, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Forumning birinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi.
“Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ikkinchi kunida trenerlar tomonidan 17 ta sho‘bada taqdimot hamda o‘quvlar o‘tkazildi.
Shuningdek, samarali mehnat qilgan bir guruh soha fidoyilari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:
o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish;
yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati