27.07.2023
XALQ DEPUTATLARI GʻOZGʻON SHAHAR KENGASHINING
NAVBATDAGI XLVII SESSIYASI BO'LIB O'TDI
Kun tartibi
1. Gʻozg‘on shahar sektor rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2023-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisobotlari tinglanmoqda.
Hisobot beruvchilar:
A.Bazarov - Gʻozg‘on shahar hokimi;
Sh.Gʻafforov - Gʻozg‘on shahar prokurori;
A.Muxitdinov - Gʻozg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
M.Ramazonova - Gʻozg‘on shahar davlat soliq ispeksiyasi boshlig‘i.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil
25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Gʻozg‘on shahrida 2022–2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida.
Axborot beruvchi: A.Bazarov – Gʻozg‘on shahar hokimi.
3. 2023 yil dastlabki 6 oyi davomida Gʻozg‘on shahar prokuraturasi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Axborot beruvchi: Sh.Gʻafforov - Shahar prokurori
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan shaharda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida
Hisobot beruvchi: R.Shodiyev - Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.
5. Shaharda investisiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida shahar hokimining o‘rinbosari - investisiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i A.Asrorovning hisoboti.
Hisobot beruvchi: A.Asrorov - Shahar hokimining o‘rinbosari - investisiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i.
6. Shaharda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti.
Hisobot beruvchi: A.Muxitdinov - Shahar IIB boshlig‘i.
7. Gʻozg‘on shahar adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil dastlabki 6 oyi davomida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar holati haqidagi axboroti to‘g‘risida.
Axborot beruvchi: S.Safarov - Shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i.
8. Majburiy ijro byurosi Gʻozg‘on shahar bo‘limi tomonidan 2023 yil dastlabki 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Axborot beruvchi: T.Rustamov - Shahar Majburiy ijro byurosi boshlig‘i.
9. Shaharda 2023 yil II chorakda mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: M.Ramazonova - shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i.
10. Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larni ko‘rib chiqish va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatish.
Hisobot beruvchi: B.Qobilov - Shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbari
11. Gʻozg‘on shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining 2023 yil 6 oyi davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan hisoboti.
Hisobot beruvchi: A. Homidov - Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i
12. Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi tomonidan 2023 yilning
6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: A.Yashinov - Yoshlar ishlari agentligi Gʻozg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i.
Sessiya ishida shahar kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.