KREDIT QARZINI TO‘LASH MAJBURIYAT
25.07.2023
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 14.03.2023 yildagi qaroriga ko‘ra, qarzdor S.Tdan undiruvchi ATB “Kapitalbank” foydasiga jami 150.550.315 so‘m kredit qarzdorligini undirish, undiruvni qarzdorga tegishli, “MALIBU 2” rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.
Biroq, qarzdor o‘z majburiyatini unitib qo‘yganligi bois, unga tegishli avtotransport vositasi jarima maydonchasiga kiritilganidan so‘ng kredit qarzdorligi to‘liq undirilib, sud qarori ijrosi ta’minlandi.
Majburiy ijro byurosi G‘ozg‘on shahar bo‘limi
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati