11.07.2023
G‘ozg‘on shahar 4-sektorida 1 ta mahalla mavjud bo‘lib, shundan 364 ta xonadon, 664 ta oila va 2 264 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan sektor hududida
1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud.
“Yoshlar daftari”ga jami 11 nafar yoshlar (2 tasi daftardan chiqarilgan) 2023-yil 1-iyul holatiga 9 tasi daftardan chiqarilgan. Bundan tashqari 23 ta ishsiz yoshlarimiz turli yo‘nalishdagi doimiy ish bilan ta’minlandi.
Ayollar daftari” 1-bosqich 27 nafar xotin-qizlar (barchasi daftardan chiqarilgan) kiritilgan hamda 2-bosqich 35 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga ( 35 tasi daftardan chiqarilgan) kiritilgan. 2022-yil 1-noyabr holatiga “Ayollar daftari” 3-bosqich toifalar bo‘yicha 28 nafar, 4-bosqichga 45 nafar xotin-qizlar kiritildi.
Tadbirkorlik sohasi bo‘yicha:
Jami soliq to‘lovchilar 392 tani tashkil etib, shundan yuridik shaxslar 28 tani, jismoniy shaxslar 364 tani tashkil etadi.
- “Mahallabay”ishlash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
Sektorda “Mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘iniga boshqaruv ofisi tashkil etilib, boshqaruv ofisi tarkibiga G‘ozg‘on shahar Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi rahbari ishchi guruhi rahbari etib tayinlangan, ishchi guruh a’zolaridan esa Soliq inspeksiyasi inspektori, G‘ozg‘on shahar moliya bo‘limi mutaxassisi, shahar bandlikka ko‘maklashuv markazi xodimi tasdiqlangan.
Shuningdek, 4-sektorga qarashli “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘iniga Bank, Pensiya jamg‘armasi, shahar bandlikka ko‘maklashuv markazi, Soliq inspeksiyasi xodimlari biriktirilib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, mahalla profilaktika noziri bilan xonadonbay ish tashkil etilgan.
Sektorda mavjud 1 ta mahallaning “o‘sish nuqtasi” belgilanib, Guliston MFYda sanoat va chorvachilikka ixtisoslashgan.
Mahallaning “o‘sish nuqtasi”dan kelib chiqib, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tashkil qilinmoqda.
Bugungi kunda 42 nafar fuqarolarga jami 989 mln so‘mlik kredit ajratib berildi.
- “Yoshlar daftari” bo‘yicha:
4-sektorda 1132 nafar 18-30 yoshdagi yoshlar mavjud bo‘lib, ularning 11 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
III. “Ayollar daftari” bo‘yicha:
1-bosqichda 4-sektorda 28 nafar xotin-qizlarni 3 ta toifaga ajratilgan holda muammolari hal etildi.
Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishlash istagini bildirgan ishsiz xotin-qizlar 24 nafar boquvchisini yo‘qotgan 1 nafar tibbiy himoyaga muhtoj 2 nafarni tashkil qiladi.
2-bosqichda 4-sektorda qayta uyma-uy yurish orqali 30 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar bilan birma-bir muloqot qilinib, ularning ishga muhtojligini, ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlab, anketa-so‘rovnomalar to‘ldirilgan holda “Ayollar daftari”ga platformasiga jami 35 nafar xotin-qizlar 3 ta toifaga ajratilgan holda joylashtirilib.
Shundan:
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsizlar 19 nafar
- Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmandlar 4 nafar;
- Nogironligi mavjud ijtimoiy yordamga muhtojlar 5 nafar: (shundan; 1 guruh 0 nafar, 2-guruh 5 nafar)
- Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan ayollar soni 1 nafar;
- Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar-joy mavjud bo‘lmagan ayollar soni 0 nafar;
- Qaramog‘ida bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollar soni 0 nafar;
- Tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand ayollar soni 7 nafar;
- Huquqiy yordam olishga muhtoj ayollar soni 0 nafar;
- Psixologik maslahatga muhtoj ayollar soni 0 nafar;
Belgilangan mezonlar asosida bugungi kunga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan 35 nafar xotin-qizlarda motivatsiya uyg‘otib, kasbiy ko‘nikmalar shakllantirish, psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy ko‘mak berish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida jami 35 nafari (100,0%)ni muammolari hal etildi.
3-bosqichda 4-sektorlarda qayta uyma-uy yurish orqali 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 809 nafar ayollar bilan birma-bir muloqot qilinib, ularning ishga muhtojligini, ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlab, anketa-so‘rovnomalar to‘ldirilgan holda “Ayollar daftari”ga platformasiga jami 28 nafar xotin-qizlar 4 ta toifaga ajratilgan holda joylashtirilib.
Shundan:
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsizlar 1 nafar
- Kredit olish istagidagi xotin-qizlar 0 nafar
-Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand 17 nafar;
-Nogironligi mavjud ijtimoiy yordamga muhtoj 1-2-guruh 9 nafar;
-Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar 0 nafar;
-Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar 1 nafar;
Belgilangan mezonlar asosida bugungi kunga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan 28 nafar xotin-qizlarda motivatsiya uyg‘otib, kasbiy ko‘nikmalar shakllantirish, psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy ko‘mak berish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida jami 28 nafari (100,0%)ni muammolari hal etildi.
4-bosqich 4-sektorda qayta uyma-uy yurish orqali 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 809 nafar ayollar bilan birma-bir muloqot qilinib, ularning ishga muhtojligini, ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlab, anketa-so‘rovnomalar to‘ldirilgan holda “Ayollar daftari”ga platformasiga jami 45 nafar xotin-qizlar kiritilib
shundan 42 nafariga 1 200 ming so’mdan dan moddiy yordam berilgan. 4 ta toifaga ajratilgan holda joylashtirilib.
Shundan:
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsizlar 3 nafar
- Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmandlar 21 nafar;
- Nogironligi mavjud ijtimoiy yordamga muhtojlar 10 nafar;
- Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan ayollar soni 0 nafar;
- Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar-joy mavjud bo‘lmagan ayollar soni 0 nafar;
- Qaramog‘ida bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollar soni 11 nafar;
- Tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand ayollar soni 0 nafar;
- Huquqiy yordam olishga muhtoj ayollar soni 0 nafar;
- Psixologik maslahatga muhtoj ayollar soni 0 nafar;
- Aholi va yoshlar bilan sayyor qabullar o‘tkazish bo‘yicha:
Sektor rahbarlari oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda bevosita xalq ichiga kirib borib, ularning dardu-tashvishlarini tinglash orqali muammolarini o‘rganish maqsadida har haftada joylarda sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilib muammolari o’rganib chiqilib bartaraf etish choralari ko’rib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyat Xalq qabulxonasining rejasiga asosan 2023-yil yanvar-may oylarida 25 marotaba sayyor uchrashuv o‘tkazilib, shundan 59 ta murojaat kelib tushgan.
4-sektorda yashovchi aholisini hokim yordachisi tomonidan uyma-uy yurib xatlov jarayonida aniqlangan 63 ta ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo’yicha sektor rahbari va bandlika ko’maklashish bo’limi tomonidan 60 fuqaro turli xil ishlar bilan band qilindi qolgan 3 ta ishsiz fuqarolarni ish biland band qilish choralari ko’rilmoqda.
Vaish usulida uzum yetishtirish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 6-dekabrdagi
26-sonli yig‘ilishda berilgan topshiriqqa asosan Andijon viloyatining Buloqboshi tumani misolida har bir tumandagi 4-sektor hududida kamida 3-4 ming aholisi mavjud bittadan mahallada vayish usulida uzum yetishtirish masalasida G‘ozg‘on shahrida
4-sektor xududidagi “Guliston” MFY umumiy yer maydoni 39,0 gektarni tashkil qiladi. Mahallada 364 ta xonadonlar mavjud bo‘lib, ulardagi 664 ta oilada 2 262 nafar aholi istiqomat qiladi. 5 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, “Tovoqsoz” ko‘chasi ushbu ko‘chadagi
75 ta xonadonda 210 ta uzum ko‘chatlari mavjud.
2022-yilda ushbu mahalladagi “Tovoqsoz” ko‘chasi 75 ta xonadondan iborat hamda 520 nafar aholi istiqomat qilib kelayotgan uyning oldi tomoniga vaish usulida uzum yetishtirish uchun qo‘shimcha qurilgan, vaishning uzunligi 100 metr, vaish qurilish uchun sarflangan xarajat 20 mln so‘m, uzum yetishtirish uchun 100 ta uzum ko‘chatlari ekildi.
Inkubator tashkil etish:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 6-dekabrdagi
26-sonli xizmat yig‘ilishi bayonining ijrosini ta’minlash yuzasidan 4-sektorlarga biriktirilgan MFYda mahalliy tadbirkorlar tomonidan har bir mahallada kamida 4 tadan quvvati 500 ta tuxumga mo‘ljallangan inkubatorlarni o‘rnatish vazifalari topshirilganligi bo‘yicha G‘ozg‘on shahar 4-sektor hududiga qarishli bo‘lgan 1 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib shundan “Guliston” MFY da 5 ta inkubator moslamasi o‘rnatilgan.
O‘rnatilgan inkubator moslamalari bo‘yicha fuqarolar tomonidan hozirgi kunga qadar jami bo‘lib 950 ta tuxumlar qo‘yilib shundan 919 ta jo‘jalar ochib chiqarilgan va oilalarning daromad manbaiga qo‘shilgan.
“Guliston” MFY ko‘chalariga yoritish chiroqlari o‘rnatish bo‘yicha jami 191 dona quyosh paneli yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
Shahar hokimining 2022-yil 23-fevraldagi “Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hokimlik, prokuratura, IIB, DSI, moliya, sog‘liqni saqlash, nodavlat tashkilotlar hamda boshqa idoralar xodimlari tomonidan 1 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga kunlik ishlar olib borilmoqda.