27.06.2023
Xalq deputatlari Gʻozg‘on shahar Kengashining navbatdagi qirq oltinchi sessiyasi
KUN TARTIBI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Gʻozg‘on shahrida 2022–2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida;
2. Gʻozg‘on shahrida “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” ijrosini to‘g‘risida;
3. Shaharda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
4. Gʻozg‘on shahrida qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
5. O‘zbekiston Respublikasi Gʻozg‘on shahar Xalq qabulxonasiga 2023-yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishini muhokama qilish to‘g‘risida;
6. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi to‘g‘risida;
7. Shaharda 2023-yilning 6 oyi davomida aholi bandligini ta’minlash hamda shaharni ishsizlikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
8. Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
9. Boshqa masalalar.