27.06.2023
Hurmatli matbuotimiz fidoyilari!
Avvalambor, Sizlarni, aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniye va radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.
Sir emaski, matbuot, ommaviy axborot vositalari ishi og‘ir va mas’uliyatli. Bugun biz bunyod etayotgan jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan davrda siz hurmatli jurnalistlarning mas’uliyatingiz yanada kuchaymoqda.
Dunyo va mamlakatimizda ro‘y berayotgan hodisalarni tezkor, sifatli va xolisona yoritishda Siz azizlarning xizmatingiz beqiyos.
Shu fursatda sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
So‘zingiz ravon, qalamingiz o‘tkir bo‘lsin!