17.06.2023
Gʻozg‘on shahrida 9101 aholi istiqomat qilib, shundan 4677 nafari erkaklar, 4424 nafari ayollar hamda 3129 nafari bolalarni tashkil qiladi. Aholini reproduktiv salomatligini mustahkamlash maqsadida ona va bolalalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasida “Ayollar maslahat xona”si tarkibida “Onko-nazorat“ xonasi tashkil etilgan bo‘lib: xonada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Aholiga gemotologik va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5130-son Qarori 1,2,3,4 ilovalariga asosan xona Nizomi, namunaviy tuzilishi, jihozlanishi va faoliyat ko‘rsatuvchi shifokor va hamshiralari tashkil etilgan. Ish jurnallari yuritilmoqda. Joriy yil o‘tgan davri mobaynida 180 nafar ayol bachadon bo‘yni saratonini erta bosqichda aniqlash maqsadida onko-nazorat xonasida ko‘rikdan o‘tkazilgan, shulardan 35 nafar ayolga RIO va RIATMNVFga yo‘llanma berilgan. Ko‘krak bezi saratoni kasalligini erta aniqlash maqsadida 400 nafar 46-65 yoshdagi ayollar tekshirildi. Tegishli ravishda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Birlashmada tug‘ish yoshidagi ayollar 2270 nafarni tashkil qiladi. Yuqumli kasalliklarni onadan bolaga o‘tishning oldini olish maqsadida homiladorlardan o‘tgan davr mobaynida RV 71 nafar, SPID 71 nafar, HVS 71 nafar ayollarni qon olib tekshirilgan.
Ayni vaqtgacha 80 nafar tug‘ruq bo‘lgan: shundan, 1-tug‘ruq 14 nafar, 2-tug‘ruq 29 nafar, 3-tug‘ruq 34 nafar, 4-tug‘ruq 3 nafarni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887 sonli “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, o‘tgan davr davomida - Gʻozg‘on SHTB da hisobotda turgan homiladorlardan 47 tasiga aferol tabletkasi, 129 ta homiladorga antistrumin tabletkasi, 45 ta homiladorga folat tabletkasi berildi.
Ushbu Qaroriga asosan 6-23 oylikgacha bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan bepul mikronutrent kukuni berildi.
Hozirda Gʻozg‘on SHTB da endokrin kasalliklari bilan 134 nafar bemor “D” nazoratda turadi. Shundan qandli diabet kasalligi bilan 62 nafar bemor “D” nazoratda bo‘lib birinchi tur bo‘yicha 3 nafar, insulin oluvchilar 15 nafar, tabletka yo‘li bilan davolanadiganlar 47 nafarni tashkil etadi. Semizlik bilan 10 nafar bemor nazoratda bo‘lib, ular va ularning oila a’zolari bilan sog‘lom turmush tarzi qoidalari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada, kunduzgi statsionar mavjud bo‘lib o‘rinlar soni 10 ta ish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha ish faoliyatini olib bormoqda.
Aholiga davlat tomonidan 120 turdagi dori-darmon ajratilgan bo‘lib har oyda markazlashgan va byudjet mablag‘lari hisobidan ta’minlanib kelinmoqda. KTMPda 10 o‘rinli kunduzgi statsionar mavjud bo‘lib, ayni vaqtgacha kunduzgi bo‘limda 269 nafar bemor, ambulator sharoitda 653 nafar bemor davolangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi “Yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ №103 sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha qilingan ishlar: yurak qon tomir kasalliklari bo‘yicha jami 440 nafar bemor “D” nazoratda bo‘lib yuqori qon bosim bilan 323 nafar, yurak ishemik kasalligi bo‘yicha 71 nafar, yurak bod kasalligi bo‘yicha 33 nafar, yurak tug‘ma nuqsoni bilan 13 nafar bemor nazoratda turadi. Yuqori qon bosim bilan turuvchi bemorlarga 2023-yilda 379 up (11370 dona) enalapril preparati bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Gʻozg‘on shahar tibbiyot birlashmasida ayni vaqtgacha byudjet mablag‘lari hisobidan 39 mln 488 ming 459 so‘m miqdorda va markazlashgan mablag‘lar hisobidan 43 mln 980 ming 082 so‘m miqdorda dori-darmon xalqqa bepul berilgan.
Gʻozg‘onda hisobot davrigacha 0-18 yoshgacha 1661 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan aniqlangan kasalliklar 511 ta bo‘lib 160 nafari sog‘lomlashtirildi. Bolalar orasida endokrin kasalliklarni oldini olish maqsadida 2195 ta nafar bolaga 43824 dona antistrumin tabletkasi berildi.
2023-yil 1 chorakda 1 yoshgacha bolalar o‘limi 1 ta qayd etildi.
G`ozg`on Shahar tibbiyot birlashmasida “Ayollar daftari” 4-bosqichda jami 150 nafar xotin qizlar kiritilgan bo`lib shundan
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin qiz 9 nafarni
- Boquvchisi bo`lmagan ehtiyojmand xotin qizlar 62 nafarni
- Ijtimoiy yordamga muhtoj 1-2-guruh nogironligi bo`lgan shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj xotin qizlar 50 nafarni
- Qaramog`ida nogironligi bo`lgan farzandi bor ehtiyojman xotin qizlar 29 nafarni tashkil etadi.
Shundan 150 nafar xotin-qiz va 6 nafar nogiron bolasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ayollardan Shukurova Zilufarga ajratilgan 2 mln va Mansurova Nodira 3 mln 300 ming mablag‘ ajratilib statsionar sharoitda davolandi.
Qolgan xotin qizlarga 1 yordam hisobi SHTB hisobidan kerakli muolajalar qilindi.
G‘ozg‘on shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabridagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmoniga muvofiq barcha tibbiyot xodimlari aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish sanitariya qoidalariga rioya qilish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar to‘g‘risida aholi orasida tushuntirish ishlari olib boradi. Aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishi, tarkibida tuz va shakarni, xamirli taom va non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari va bevaqt vafot etishni kamaytirish maqsadida hafta kunlariga bo‘lib:
- Dushanba-Stressga qarshi kurashish.
- Seshanba-Tuz va shakarni cheklash .
- Chorshanba -Chekishga qarshi kurashamiz.
- Payshanba -Sog’lom ovqatlanish.
- Juma-Piyoda yurish.
- Shanba-Salomatlik kunida hamshiralar aholi orasida va tashkilotlarda, savdo shahobchalarida, muassasalarda suhbat va ma’ruzalar olib boradilar.
G‘ozg‘on shahrida Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish xonasi tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-215-son Qarori 1-ilova 13.2-bandida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi xonalarida ommaviy targ‘ibot va skrining tadbirlarini o‘tkazish bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha individual maslahat berish tizimini joriy etish” vazifalari belgilangan. Vazifa ijrosi yuzasidan individual maslahat berish tizimi joriy etilgan. To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi xonaga murojaat qilgan aholini vazni, bo‘yi, vazn-bo‘y indeksi, qon bosimi o‘lchanib salomatlik holati baholanib borilyapti. Aholining sog‘lom va xavf guruhlariga tegishli tavsiyalar berilmoqda.
Shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 4 ta mahallalarda “Salomatlik maktabi” tashkil qilingan bo‘lib mahalla faollaridan “Anzirat buvilar” hamshiralar bilan birga hamkorlikda faoliyat olib boradilar.
Mahallalarda “Nuroniylar” klubi tashkil qilingan bo‘lib, ular har kuni ertalabki sog‘lomlashirish mashqlarini olb boradilar. Ayniqsa, “Shayxon “MFY onaxonlari har kuni sog‘lomlashtirish mashqlarini tog‘larda 100 qadam, 500 qadam tadbirlari tarzida olib boradilar.
Dilbar Hojiyeva
G'ozg'on shahar tibbiyot birlashmasi rahbari