17.03.2023
Gʻozg‘on shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida BRIFING
Gʻozg‘on shahar adliya bo‘limi tomonidan amaldagi qonun hujjatlari, qaror va Farmonlar ijrosini ta’minlash borasida 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, norma ijodkorligi sohasida o‘tgan chorak davomida mahalliy hokimlik hamda korxona va tashkilotlarga tegishli hujjatlar qabul qilinishi yuzasidan 250 dan ortiq huquqiy maslahatlar berildi.
Shu kabi, Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021-yildagi 390-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida elektron tizimni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqqan holda joriy yilning yanvar-iyun oylarida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilingan 130 ta qaror va farmoyishlari monitoring qilib borilib, ular bo‘yicha tegishli amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida shahar maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli bog‘chalarga, shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, xalq ta’limi bo‘limi tasarufidagi maktablar tomonidan yuridik markaz bilan kelishilmagan holda buyruqlarni qabul qilish va shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, 25 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi va 11 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlik masalasi hal etildi.
Bundan tashqari, huquqni qo‘llash sohasida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 2022-yil davomida 25 marotaba so‘rovnomalar o‘tkazilib, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida viloyat adliya boshqarmasiga qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 25 ta takliflar kiritildi.
Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish davomida 960 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, natijasiga ko‘ra vakolatli idoralarga 35 ta taqdimnoma va sudlarga 6 ta da’vo ariza kiritildi, 396 nafar mansabdor shaxslarga ogohnomalar e’lon qilindi, 9 nafar shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar berildi.
Qo‘llanilgan ta’sir choralar natijasida fuqarolar va yuridik shaxslar foydasiga 108 mln. 350 ming so‘mlik ish haqlari va zararlar undirilishi ta’minlandi, 40 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, 35 ta noqonuniy hujjat bekor qilindi yoki qonunga muvofiqlashtirildi.
2022-yil davomida asosiy e’tibor jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan yozma va og‘zaki murojaatlarni ijobiy hal qilishga qaratib kelinib, kelib tushgan 236 ta murojaatlarning 156 tasi qanoatlantirildi, 80 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan xalq qabulxonasi, shahardagi sektor rahbarlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida 60 dan ortiq sayyor qabullar tashkil qilinib, aholining muammolari o’rganildi. Sayyor qabullar davomida fuqarolardan 140 dan ortiq murojaatlar bo‘lim ish yurituviga qabul qilinib, 200 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Adliya tadbirkorga do‘st” loyihasi doirasida shahardagi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 2022-yil davomida bo‘limga tadbirkorlik sub’yektlaridan jami 31 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 19 tasi qanoatlantirilgan, 12 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan ushbu davrda boshqa mutasaddi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shaharda aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tegishli targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinib kelindi.
Xususan, shahardagi 20 dan ortiq tashkilotlarga 780 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar elektron tarzda yetkazilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, bo‘lim xodimlari tomonidan 2022-yil davomida jami 520 ta, shundan televideniyada 12 ta, radioda 15 ta chiqishlar qilindi, ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytiga 493 ta tezislar joylashtirildi hamda targ‘ibot tadbirlari davomida ishtirokchilarga 680 ta flayer, buklet va boshqa tarqatma materiallar tarqatildi.
Shu bilan bir qatorda shahar adliya bo‘limi tomonidan ijtimoiy tarmoq hisoblangan “Gʻozg‘on adliya bilan muloqot” telegramm kanallari orqali kanalning a’zolariga qonunchilikda bo‘layotgan yangiliklar va o‘zgartirishlar har kuni yetkazib borilmoqda.
G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi boshlig'i
Safarov Sardor Sano o'g'li