03.03.2023
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori hamda Navoiy viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga binoan joriy yil 2-mart kuni Gʻozg‘on shahar hokimligi, viloyat AOKB, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi, O‘zbekiston24 teleradiokompaniyasi hamkorligida PRESS-TUR tashkil etildi.
Press-turda G‘ozg‘on shahridagi sanoat korxonalari (“GAZGAN STONE INVEST”, “GAZGAN GRAND GRANITE”, “EDIFACE AASPIRE”, “PREMIER TEXTILE” misolida) faoliyati o‘rganildi.
Keyingi navbatda G‘ozg‘on shahridagi ta’lim tizimi, ta’lim sifati, ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda “Aqlvoy” ONMTT faoliyati bilan tanishildi.
Press-turning keyingi manzili A.Aminovga qarashli bo‘lgan chorvachilik firmasi bo‘ldi.
Eng so‘ngida 2-jahon urushi qatnashchisi, faxriy pedagog, asr oshgan nuroniy Tursunqul bobo Ergashev ziyoratiga oshiqishdi. Qahramonimiz bilan dildan suhbat qurildi. Tarix so‘zlandi.
“Bugungi kun faoliyatimiz G‘ozg‘on shahri haqida ko‘plab yangidan-yangi asarlar, maqolalar, ko‘rsatuvlar yaratilishiga zamin hozirlaydi”, - deydi, tadbir ishtirokchilaridan biri jurnalist Jamoliddin Axtamov
Shu kunning o‘zida G‘ozg‘on shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan press-tur o‘z ishini yakunladi.
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati