07.02.2023
Gʻozg‘on shahar tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan 2022-yilning 12 oyi mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli Qarori va shahar hokimining 2021-yil 25-iyul Q-1 sonli Qaroriga asosan ro‘yxatga olingan 8 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksa pensioner va nogironlarga 1 nafar ijtimoiy xodim tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatib kelindi.
Joriy yilning may oyiga qadar 3 nafar 1-toifadagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksa pensioner va nogironlarga 15 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 4 turdagi asosiy gigiyena vositalari shahar moliya bo‘limi tomonidan 5.200 ming so‘m moliyalashtirilgan mablag‘lar asosida manzilli yetkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi №274-sonli Qaroriga asosan iyun oyidan 1-toifa ro‘yxatda turuvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksa pensioner va nogironlarga 15-turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 4 turdagi asosiy gigiyena vositalariga o‘rniga pensiya mablag‘lari hisobidan pensiya miqdoriga 300 (uch yuz)ming so‘mdan qo‘shimcha to‘lov to‘lab berilishi belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 25-martdagi 2356-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma talablari asosida bo‘lim tomonidan 37 nafar 1-2 guruh nogironlari va yoshga doir pensionerlarga O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligi tizimidagi sanatoriya va dam olish uylariga bepul yo‘llanmalar berildi. 2021-yil 19-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 693-sonli Qaroriga asosan 11 nafar 1-2 guruh nogironlari va yoshga doir pensionerlarga sihatgoh yo‘llanmalari Davlat xizmatlari markazi tomonidan elektron baza orqali inson omili aralashmasligi natijasida navbat asosida sihatgoh yo‘llanmalari berilishi yo‘lga qo‘yildi.
2022-yilning 12 oyi mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositasi bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi №411-sonli Qarori Nizomi talablari asosida 1-2 guruh nogironlari va yoshga doir pensionerlarning muhtojliklariga qarab 38 nafari reabilitatsiya texnika vositasi bilan: jumladan, 15 nafari nogironlar aravachasi, 10 nafari hassa, 4 nafari eshitish moslamasi, 3 nafari qo‘ltiq tayoq, 2 nafar ko‘zi ojizlar hassasi, 3 nafari tirsak hassa, 1 nafar yurish moslamasi bilan ta’minlandi.
Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, jamiyatda ularning ijtimoiy moslashuviga keng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, ko‘zi ojiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”2021-yil 9-avgustdagi PQ-5217-son Qarori ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-sentyabrdagi 07/1-2089-sonli tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga asosan, Gʻozg‘on shahrida yashovchi 1 nafar 1-guruh nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxsga ovozli tanometr, 3 nafar 1-guruh nogironlariga o‘zi yurar pultli arava manzilli topshirildi.
Bayram sanalari munosabati 8 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksa pensioner va nogironlarga 8 mln 200 ming so‘mlik moddiy yordamlar berildi. Shundan 1 nafariga pul hisobida, 8 nafariga oziq-ovqat mahsuloti va 4 nafariga sanoat mollari tarqatildi. 8 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksa pensioner va nogironlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 3 nafari bepul dori vositalari bilan ta’minlandi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksa pensioner va nogironlarning 4 nafarining uy-joylari MFY va homiylar tomonidan bepul ta’mirlanib, ularga jami 16 mln so‘m sarflandi.
Gʻozg‘on shahar tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
M.Boqulov