30.01.2023
I. Ishga joylashtirish va bandlik masalasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi 2-sonli (02-RA 1-970 24.01.2022) yig‘ilish bayoniga asosan “hokim yordamchilari” tomonidan har kuni kamida bitta yangi ish o‘rni yaratish topshirig‘i belgilab berilgan edi.
Belgilangan topshiriqqa asosan, shahardagi 4 ta “hokim yordamchilari” 2022-yilda 1 460 ta fuqarolarning bandligini ta’minlash belgilangan bo‘lib, amalda “hokim yordamchilari” ning ish faoliyati davomida mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 1 755 nafar fuqarolar korxona va tashkilotlarga hamda tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirib, bandligi ta’minlandi (o‘rtacha hisoblanganda, har bir “hokim yordamchilari” 439 nafar fuqaroni ish bilan band etmoqda).
Jumladan:
- 690 nafar fuqaro doimiy hamda tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirildi;
- 644 nafar fuqaroni o‘zini-o‘zi band qilindi;
- 238 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi;
- 183 nafar fuqaro mavsumiy va haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.
Shuningdek, “hokim yordamchilari” tomonidan berilgan tavsiyanomalar asosida 73 nafar tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlashda kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun Bandlikka ko‘maklashish va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armalari hisobidan 248,2 mln. so‘m miqdoridagi subsidiyalar ajratildi.
II. Tadbirkorlik subyektlari:
Hisobot davrida jami 111 ta, shundan 102 ta yuridik va 9 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
2022-yil IV chorak uchun G‘ozg‘on shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, respublika vakili hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘ining tashabbusi bilan amalga oshiriladigan 9 ta kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarining manzilli ro‘yxatlari tasdiqlanib, loyihalarning barchasi ishga tushirilishi natijasida 22 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
III. Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov rahbarligida joriy yilning 17-noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar:
- Hokim yordamchilari bilan birgalikda joriy yilning o‘tgan davrida kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan 238 nafar fuqaro xatlovdan o‘tkazilib, fuqarolarning 118 tasi rasmiy bandligi, 29 tasi norasmiy bandligi, 61 tasi tadbirkorlik bilan bandligi, 3 tasi xorijga ketganligi va 27 tasining bandligi ta’minlanmaganligi aniqlandi.
- Aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida ajratilgan
73 ta subsidiyalar hisobidan berilgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari, o‘rnatilgan issiqxonalar va boshqa xizmatlardan foydalanish ahvoli o‘rganilib chiqildi.
- Shahar miqyosida “Ijtimoiy himoya yagona reystri”ga kiritilgan 739 ta oilalarning iqtisodiy ahvoli o‘rganilib, reystrdagi 216 ta oilalarning daromadi yaxshi ekanligi aniqlandi, shuningdek, shahar hududida joylashgan mahallalardagi xonadonlar hokim yordamchilari tomonidan qayta xatlovdan o‘tkazilib, fuqarolarning bandlik darajasi va istaklari hamda ishsizlar soni aniqlanmoqda.
IV. Kredit mablag‘lari ajratish:
Mazkur davrda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida shahar uchun jami 8 390 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.
Bugungi kunda, “hokim yordamchilari” tomonidan 323 ta fuqaroga 8 338 mln.so‘mlik imtyozli kredit mablag‘lari uchun ijobiy tavsiyanomalar berilgan.
Shundan, AT “Mikrokreditbank” G‘ozg‘on shahar BXM tomonidan 312 ta fuqaroga 7 378 mln.so‘mlik kredit mablag‘lari chiqarilgan bo‘lib, qolgan fuqarolarga ham kredit mablag‘larini chiqarish ishlari olib borilmoqda.
V. “Hokim yordamchilari” faoliyatini samarali tashkil etish:
- “hokim yordamchilari” faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, 4 ta “hokim yordamchilari”ga MFY binolarida xonalar ajratilib, zamonaviy mebel jihozlari, shuningdek, kompyuter texnikalari (kompyuter, printer, veb-kamera, internet) bilan ta’minlandi;
- “hokim yordamchilari” faoliyatidagi muammolarni o‘z vaqtida hal etish va amaliyotga joriy qilinayotgan yangiliklar va yengilliklarni doimiy tushuntirib borish hamda “hokim yordamchilari” tomonidan korrupsion holatlarni oldini olish va bu kabi holatlar haqida o‘z vaqtida ma’lumot berish maqsadida haftalik amaliy suhbatlar, seminarlar grafiklar asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
G‘ozg‘on shahar mahallabay ishlash va
tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari
Sh.Ikromov