27.01.2023
Sessiya ishida shahar sektor rahbarlari, shahar kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibiga 12 ta masala qo‘yildi.
- Gʻozg‘on shahar sektor rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida barcha sektor rahbarlari (A.Bazarov, B.Isoqov, A.Muxiddinov, M.Ramazonova) ning hisobotlari tinglandi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Gʻozg‘on shahrida 2022–2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida (A.Bazarov).
- Gʻozg‘on shahrida 2022 yilda investitsiya loyihalarini jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida (A.Asrorov - shahar hokimi o‘rinbosari).
- Shaharda ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida (D.Egamova - shahar hokimi o‘rinbosari).
- 2022-yil davomida Gʻozg‘on shahar prokuraturasi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida (B.Isoqov - shahar prokurori)
- Shaharda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti (A.Muxitdinov - shahar IIB boshlig‘i).
- O‘zbekiston Respublikasi Gʻozg‘on shahar Xalq qabulxonasiga 2022-yil yakuni bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishini muhokama qilish to‘g‘risida (O.Tog‘ayev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gʻozg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri).
- Gʻozg‘on shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilda norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar holati haqidagi axboroti to‘g‘risida (S. Safarov - shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i).
- Majburiy ijro byurosi Gʻozg‘on shahar bo‘limi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida (T.Rustamov - shahar Majburiy ijro byurosi boshlig‘i).
- Shaharda 2022-yilda mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida (M.Ramazonova - shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i).
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-sonli farmoni ijrosi yuzasidan tuman komissiyasining amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida (J.Ashurov - shahar hokimligining Bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri).
- Boshqa masalalar.
Sessiyasi kun tartibidagi ikkita masala – G‘ozg‘on shahar sektor rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hamda 2-masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni G‘ozg‘on shahrida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan "Yo‘l xaritasi"ning ijrosi to‘g‘risida shahar hokimi A.Bazarov hisobot berdi.
Shuningdek, sessiya davomida sektor rahbarlari B.Isoqov, A.Muhitdinov, M.Ramazonovalarning G‘ozg‘on shahar sektor rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.
Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar sektor rahbarlariga, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati