14.01.2023
Assalomu alaykum hurmatli Qurolli kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!
Sizlarni, siz orqali butun yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Vatanimiz tinchligi, chegaralarimizning daxlsizligi va xalqimiz farovonligi, osoyishtaligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib, bugungi kunda o‘zining sharafli xizmat vazifasini o‘tayotgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizning ota-onalariga, yaqinlariga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatori Qurolli kuchlarimiz ham g‘oyat sharafli va mas’uliyatli yo‘lni bosib o‘tdi.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Sh. Mirziyoyev tomonidan sohada chuqur islohotlar o‘tkazib kelinmoqda. Bularning barchasi butun O‘zbekiston xalqida, ayniqsa, unib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini, Vatan himoyachisidek sharafli kasbga bo‘lgan hurmat-ehtirom hissini uyg‘otmoqda.
Sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, zamonaviy moddiy texnik vositalar bilan ta’minlangan, yuksak bilim va professional ko‘nikmalarga ega vatanparvar kadrlarni o‘zida jamlagan, eng asosiysi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikning kafolati bo‘la oladigan yangi tizim yaratildi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, Vatanni himoya qilishdek sharafli burch bolaning qalbida, yuragida, ona bag‘rida ekanligida shakllanmog‘i lozim. Shundagina Vatanni himoya qilish har bir er yigitning muqaddas burchiga aylanadi.
Hurmatli Yurtboshimizning kuni kecha Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida, - “Bugungi qutlug‘ ayyomda bir fikrni alohida ta’kidlab aytmoqchiman: harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur. Shonli tariximiz, buyuk ajdodlarimiz, yengilmas sarkardalarimiz jasorati, ularning “Bilagi zo‘r – birni yengar, ongi va yuragi zo‘r esa – mingni” degan dono o‘gitlari bizga aynan mana shunday hayotiy haqiqatni uqtiradi” – degan so‘zlari ayni haqiqat.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat, shijoat tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Hurmat bilan,
G‘ozg‘on shahri hokimi Azim Bazarov