03.12.2022
Assalomu alaykum qadrli hamshaharlar!
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, tizimli islohotlar albatta, “Inson qadri har narsadan ulug‘!” degan ezgu g‘oya intilishlarimizga debocha bo‘lmoqda. Mo‘jazgina G‘ozg‘on shahrida ham so‘nggi yillarda barcha fuqarolarimiz kabi nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga ham ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Hurmatli Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yurtdoshlarimizga yo‘llagan murojaatida ta’kidlaganidek, “Eng muhimi, taqdir taqazosi bilan nogiron bo‘lib qolgan bironta ham yurtdoshimiz xalqimizning, davlat idoralarining mehr-u e’tiboridan chetda qolmasdan, o‘zining mehnati va qobiliyati bilan nafaqat hayotda o‘z o‘rnini egallab kelmoqda, balki azmu-shijoati, sabr-bardoshi va shukronalik fazilatlari bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘lmoqda”.
Haqiqatdan ham, jamiyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan nogironligi bor fuqarolarning orzu-intilishlari, saboq va saboti ibrat maktabi desam also yanglishmayman.
Bunyod etilayotgan G‘ozg‘on shahrimizda, “Inson qadri har narsadan ulug‘!” tamoyili asosida siz azizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, aholi turmush sharoitini yaxshilash, farovon hayotni ta’minlashdek o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan marralarimizga yetishishga ishonaman.
Zero, “Insonlarimizning dard-u tashvishi bilan yashash bizning eng asosiy vazifamizdir!”.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt va farovon hayot tilayman.
G‘ozg‘on shahar hokimi
A.Bazarov