11.11.2022
Assalomu alaykum hurmatli brifing tinglovchilari!
Bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha G‘ozg‘on shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi tomonidan 2022-yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida bolalarni himoya qilish sho‘basi tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib borilmoqda.
Mazkur Farmonning 5-bandiga ko‘ra, “…shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra o‘z faoliyati yuzasidan Milliy komissiya har yili Oliy Majlis Senatiga, hududiy komissiyalar esa har chorakda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga axborot taqdim etadi” deb belgilab berilgan.
Bolalar masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi joriy yil uchinchi choragida quyidagi ishlarni amalga oshirdi:
2022-yil 12-avgust kuni G‘ozg‘on shahar hokimining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni “Mehr daftari” tizimiga kiritish to‘g‘risida”gi 75-5-210-Q/22-sonli qarori tasdiqlandi. G‘ozg‘on shahar hokimligi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi tomonidan joriy yilning uchinchi choragiga qadar 4 nafar fuqarolar murojaat qilib, shundan 4 nafar voyaga yetmaganlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida 4 nafariga qonunchilikda belgilangan tartibda shahar hokimining qarori bilan 1 nafariga homiylik, 2 nafariga vasiylik belgilangan. Vasiylik va homiylikka berilgan voyaga yetmaganlardan 1 nafari chin yetim, ota va onasidan ayrilgan, yaqin qarindoshlariga vasiylik va homiylik belgilab berilgan. Shuningdek, farzandlikka olinganlar 2 nafarni tashkil etadi.
Navoiy shahridagi “Mehribonlik uyi”da tarbiyalangan, Bo‘liq MFYida yashagan, chin yetim 27.06.2007 yilda tug‘ilgan Ochilov Suponboy Saidboy o‘g‘li tuman hokimining 2020-yil 18-avgustdagi Q-411-sonli qarori asosida Navoiy shahar “Mehribonlik uyiga” joylashtirilgan edi. G‘ozg‘on shahrida yashovchi yaqin qarindoshlari bilan o‘tkazilgan tushuntirish ishlari jarayonida tog‘asi Ramazonov Ruslan O‘ktamovich va yangasi Akmalova Marjona Sherali qizining tarbiyasiga Nurota tuman hokimining 2021-yil 17-iyuldagi 29-5-74-Q/21-sonli qarori bilan “Mehribonlik uyi” dan qaytarilib, ular tarbiyasiga biriktirilgan.
Shaharda yarim yetim, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 6 nafar bolalar xolidan xabar olinib, ulardan, 4 nafariga ust-bosh kiyim-kechaklari olib berildi. Muntazam ravishda ijtimoiy jihatdan ko‘mak berib kelinmoqda. Ta’lim muassasalarida ijara to‘lovlaridan ozod etilb, o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar bilan ta’minlanib kelinmoqda. Shuningdek, shahar hokimligi tomonidan har oy davomida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan voyaga yetmagan chin yetim Ochilov Suponboy Saidboy o‘g‘li ehtiyojini ta’minlash maqsadida 1.350.000 (bir million uch yuz ellik ming) so‘m pul mablag‘i hamda Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi VI-29-32-5-210-K/22-sonli qarorining 5-bandida ko‘rsatilgan 3 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarning onalarini plastik kartalariga moddiy yordam sifatida jami 4 000 000 (to‘rt million) so‘m mablag‘ ko‘chirib berildi.
E’tiboringiz uchun rahmat!