31.08.2022
Aziz va Qadrli G'ozg'on ahli!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali shahrimiz ahlini eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.
Biz uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan ushbu qutlug‘ sana har bir inson, har bir oila hayotida o‘z o‘rniga ega. Shu bois ham bu ayyomni har birimiz o‘zgacha ko‘tarinkilik va mamnunlik bilan kutib olamiz.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich ta’kidlaganlaridek, istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz.
Shu bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan joriy yildagi O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini imzolandi.
Qarorda ta’kidlanishicha, xalqning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tarixdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyatli yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir.
«Aynan milliy mustaqillik el-yurt uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbasi bo‘lib kelmoqda.
2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlar keyingi yillarda aholining hayot darajasi va sifatini tubdan yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buni birgina shahrimiz misolida olib ko‘radigan bo‘lsak, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida so‘nggi 9 oy ichida shahrimizning yangi, obod va yanada ko‘rkam qiyofasini yaratish, xalqimiz farovonligini oshirish maqsadida shahrimizda mahalla, bolalar bog‘chasi, zamonaviy maktablar hamda ko‘plab ma’muriy ob’ektlar qiyofasi tubdan yangilanmoqda. Ularda yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Aziz hamshaharlar!
Bugungi kunda shahrimizda amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar mehnatkash xalqimiz hayot farovonligini mustahkamlashda xizmat qiladi deb ishonaman, va sizlardan shuni so‘rab qolardimki davlatimiz rahbari tomonidan bizning shahrimiz uchun berilayotgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalangan holda bu kunlarga yetkazgani uchun yaratgangan tinimsiz shukrona qilishimiz kerak albatta.
Bir eslab ko‘ring, bundan bir necha vaqt oldin G‘ozg‘onda katta-kichigini qo‘shib hisoblasa, maqtashga arzigulik ishlab chiqarish ob’ektlarning soni nechchita edi. Bugun esa ularning soni kundan-kunga oshib ketmoqda. Maktab, bog‘chalarimiz esa zamonaviylashtirilib, yo‘llarimiz ravon va yorug‘ qilinmoqda.
Jumladan, Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 2 ta mahallada jami 11,5 km ichimlik suv tarmog‘ini 1,34 mlrd so‘m evaziga yangidan tortish ishlari;
Tumar mahalla fuqarolari yig‘inining A.Temur ko‘chasidagi 1,5 km ichki yo‘llarini 2359,1 mln.so‘m mablag‘ hisobidan to‘la ta’mirlash (tungi yoritish chiroklari o‘rnatish, piyodalar yo‘laklarini qurish) ishlari;
Yangi G‘ozg‘on shahri hududiga olib boruvchi umumiy qiymati 7385,3 mln.so‘m bo‘lgan uzunligi 8 km kengligi 16 metr bo‘lgan ichki avtomobil yo‘lining 1-etap shag‘al yo‘l qurish ishlari;
“Guliston” mahalla fuqarolari yig‘inidagi 1-sonli DMTT ning eski binosini 1200,0 mln.so‘m mablag‘ evazida zamonaviy tarzda ta’mirlash ishlari;
“Marmarobod” mahalla fuqarolari yig‘inidagi 5667,7 mln.so‘m mablag‘ hisobidan 2,8 km A.Temur va Mustaqillik ko‘chalarini to‘la ta’mirlash (tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, piyoda va velosiped yo‘laklari qurish) ishlari amalga oshirildi.
Navqiron shahrimizning kelgusi hayotida ulkan bunyodkorlik ishlari rejalashtirilgan, tez kunlar ichida xalqimiz kutayotgan yana bir yangilik, ya’ni shahar hududida ko‘p qavatlar turar joy binolarining qurilish ishlari boshlanishi arafasidamiz.
Huddi shuningdek, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida 19 ta loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirilishi belgilangan bo‘lib, shundan bank krediti ishtirokidagi loyihalar 8 tani tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu loyihalarning 7 tasi moliyalashishi natijasida 37,7 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi. Qolgan 1 ta loyihaning moliyalashtirish muddati joriy yilning noyabr oyiga to‘g‘ri keladi.
Shaharda 2022 yil 1 iyul xolatiga 1 ta loyiha ishga tushishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 7 ta loyiha ish faoliyatini boshlashi natijasida 34,7 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi hamda 36 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
30 dekabrdagi PQ-72-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha shaharda
2022 yilda 1,5 mln dollarlik 1 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Shundan, 2022 yil birinchi yarim yillik rejasi 0,5 mln dollarni tashkil etishi belgilab berilgan, ushbu ko‘rsatgich 3,0 mln dollar (600%)ga bajarilishiga erishildi.
Shaharda 2022 yil yanvar-avgust eksport rejasi 851,8 ming dollarni tashkil etdai. Bugungi kunga qadar 1,7 mln dollarlik eksport amalga oshirilib, belgilangan prognoz 200 foizga bajarildi. Bundan tashqari qo‘shimcha eksport qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
2022-yilning 1-iyul holatiga shahardagi sanoat korxonalari tomonidan 33,1 mlrd.so‘mlik (aholi jon boshiga 3,7 mln so‘m) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,0 foizni tashkil etdi.
Shu bilan bir qatorda shaharda ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 13,0 mlrd.so‘m (104,0 foiz)ni tashkil etdi.
Xuddi shunday, shaharda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 67,4 mlrd. so‘mlik (155,5 foiz) (aholi jon boshiga 7,5 mln.so‘m) asosiy kapitalga investitsiyalar kiritildi.
Shaharda faoliyat yuritayotgan qurilish sohasidagi korxonalar tomonidan 16,5 mlrd.so‘mlik (aholi jon boshiga 1,8 mln.so‘m) qurilish ishlari bajarilgan.
Xizmatlar sohasida 12,4 mlrd.so‘mlik (108,6 foiz) (aholi jon boshiga 1,4 mln.so‘m) xizmatlar ko‘rsatildi. Shu bilan birga, joriy yilning 6 oyi daomida xizmatlar sohasida jami 54 ta ob’ektlar ishga tushurilishi hisobiga 442 ta ish o‘rni yaratildi.
Budjet tushumlari 2,1 mlrd. so‘mga bajarildi.
“Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida “hokim yordamchilari” tavsiyanomasi asosida 60 nafar fuqarolarga 1,571 mlrd.so‘mlik kredit ajratildi;
Albatta bu ko‘rsatgichlarning barchasi boshlang‘ich natijalar bo‘lib agarda Biz barchamiz birlashsak ya’ni davlat idoralari xalq bilan, xalqimiz esa davlat idoralari bilan bir yoqadan bosh chiqarib harakatlansak oldimizda turgan ulkan natijalarga albatta erishamiz.
Azizlar!
Darhaqiqat, mustaqillik, istiqlol degan ulug‘ saodat avvalo xalqimizga erkinlik va ozod hayotni bergan, insoniy sha’nimiz, milliy ongimiz, qadr-qimmatimizni tiklab, barchamizga o‘zligimizni anglash tuyg‘usini, tilimiz, muqaddas dinimizni, qadriyat va urf-odatlarimizni qaytarib bergan, Vatanimiz tarixida hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni, barcha-barchangizni mana shu eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz - mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan yana bir bor qizg‘in muborakbod etaman. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va baxtu saodati yo‘lidagi ezgu ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
E’tiboringiz uchun rahmat!