15.07.2022
Hurmatli fuqarolar!
Mamnuniyat bilan Sizga joriy yilning 15 iyulidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi boshlanishini ma’lum qilamiz.
Ushbu mavsum doirasida aynan Siz fuqarolar tomoningizdan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida shahar bo‘ylab qariyb 1.1 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Shuni ham qayd etish kerakki, fuqarolar tomonidan berilgan taklif va mulohazalar asosida Tashabbusli budjet jarayonini o‘tkazishning amaldagi tartibiga ayrim tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, endilikda Tashabbusli budjet jarayonlarining har bir bosqichi 20 kundan – jami 60 kun davom etishi belgilandi.
Shunga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” jarayoning 2-mavsumi:
1-bosqich - takliflarni ilgari surish – 15 iyuldan – 3 avgustgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 15 avgustdan – 4 sentabrgacha);
2-bosqich - loyihalarni saralab olish – 04.08.2022 dan - 23.08.2022 gacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 4 sentabrdan – 24 sentabrgacha)
3-bosqich loyihalarga ovoz berish – 24.08.2022 dan - 12.09.2022 gacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 24 sentabrdan – 14 oktabrgacha) davom etishini ma’lum qilamiz.
Shu bilan birga loyihalarni ilgari surish va saralab olish jarayonlari yuzasidan amaldagi qonunchilikga kiritilgan o‘zgartirishlarning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Hurmatli fuqaro! Ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan holda ijtimoiy muammolarni (jamoaviy xarakterdagi) hal etilishiga erishing. Budjet mablag‘larini sarflanishida ishtirok eting.
Bu juda ham oson, o‘z hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan loyihani ilgari suring, ovoz to‘plang va g‘olib bo‘ling!
Tashabbus ko‘rsating!
G'ozg'on shahar Moliya bo‘limi