TASHABBUSLI BUDJET NATIJALARI BILAN TANISHING
07.07.2022
G'ozg'on shahrining ma'muriy qiyofasini yaxshilash hamda qator ijtimoiy holatni yaxshilash maqsadida, fuqarolar tomonidan «OpenBudjet» portali orqali ilgari surilgan tashabbuslar natijalari aniqlandi.
Jumladan, shahardagi 1-sonli umumta'lim maktabining yon-atroflarini temir to'siq bilan o'rash to'g'risida berilgan taklif ijrosi amalga oshirilib, hozirgi kunda temir to'siqlar o'rnatilishning yakuniy bosqichi amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, shahardagi 1-sonli umumta'lim maktabining sinf xonalaridagi partalari qisman yaroqsiz holatga kelib qolganligi sababli berilgan taklif ijrosi ham amalga oshirilib, maktab sinf xonalariga yangi jihozlar olib kelindi.